Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 +99871 237-01-11 Barcha raqamlar
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi foydalanuvchilari, hurmatli iste’molchilar diqqatiga!

Iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, sohada mavjud muammolarni tezkorlik bilan oldini olish va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish maqsadida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining virtual qabulxonasi yoki 200-41-07 ishonch telefoni orqali murojaat yuborishingiz mumkin.

Shuningdek, Vazirlik tizimidagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining 237-01-11 raqamli “Ishonch telefoni”, shuningdek aholiga qulaylik yaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ham “Ishonch telefonlari” tashkil qilingan. Soha iste’molchilari shanba va yakshanba kunlaridan tashqari barcha kunlar quyidagi ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkin.

1 Qoraqalpog’iston Respublikasi 361 224-01-11
2 Andijon viloyati 374 228-01-11
3 Buxoro viloyati 365 223-01-11
4 Jizzax viloyati 372 226-01-11
5 Qashqadaryo viloyati 375 221-01-11
6 Navoiy viloyati 436 224-01-11
7 Namangan viloyati 369 226-01-11
8 Samarqand viloyati 366 235-01-11
9 Sirdaryo viloyati 367 240-01-11
10 Surxondaryo viloyati 376 227-01-11
11 Toshkent viloyati 371 235-01-11
12 Farg’ona viloyati 373 244-01-11
13 Xorazm viloyati 362 226-01-11
14 Toshkent shahri 371 236-01-11

 

Murojaat yo’llashdan oldin unutmang, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq:
 
Murojaatlarda fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan, taklif, ariza yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi lozim. Ushbu ma’lumotlar ko‘rsatilmagan murojaatlar anonim xat hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.
 
Fuqaro o‘z murojaatini – ariza, taklif yoki shikoyatni vakolatli davlat organiga shaxsan yoki aloqa vositasi orqali taqdim qilish huquqiga ega. Murojaat qilayotgan shaxs voyaga yetmagan yoxud layoqatsiz bo‘lgan taqdirda, murojaat tegishli tartibda, qonunchilikka muvofiq ularning vakili tomonidan taqdim qilinishi mumkin.