Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 +99871 237-01-11 Barcha raqamlar
Radiochastota spektridan foydalanishni boshqarish

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Radiochastota spektrini boshqarishni tashkil qilish va foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashiga o‘zgartirildi. Uning maqsad-vazifalari quyidagilardan iborat:

- mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining radiochastota resursidan samarali foydalanishni ta’minlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

- radiochastota spektrini taqsimlash va foydalanish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish, radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvalini shakllantirish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida ilmiy-texnikaviy tadqiqotlar o‘tkazilishini tashkil qilish;

- radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, radiochastotalarni rejalashtirish, tayinlash va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish;

- radiochastota spektri to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi monitoringini tashkil qilish, radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tizimli kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

- radiochastota spektrini tartibga solish va undan foydalanish sohasida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash borasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, mazkur sohada yagona avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yaratish va rivojlantirish;

- radiochastota spektridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

Qarorga muvofiq, Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek radiochastota spektri foydalanuvchilari tomonidan ijro etilishi majburiyligi belgilab qo‘yildi.

Qaror asosida Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining tarkibi va nizomi tasdiqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashining ishchi organi etib belgilandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tuzilmasida radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash uchun 3 nafar shtat birligidan iborat radiochastota spektridan foydalanishni tartibda solish bo‘limi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalarning taqsimlanish jadvali;

Radiochastotalar jadvali;

Berilgan shartlar bo‘yicha chastota polosasini izlash;

Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi qarori ma’lumotlar bazasi doirasida qidiruv;

Radiochastotapolosasini ajratish hamda mamlakat hududiga uskunalarni olib kirishgaarizalarni qabul qilish. 

Radiochastota spektridan foydalanishni tartibga solish bo‘limi bilan bog‘lanish:

Telefon: 238-43-50, 238-41-79, 238-41-78, 238-43-24, 238-43-27, 238-43-51, 238-43-52, 238-43-11

Faks: 239-87-82. Elektron pochta: orirchs@mitc.uz Veb-sayt: www.gkrch.mitc.uz