Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 +99871 237-01-11 Barcha raqamlar
Jamg'arma haqida

Pochta aloqasini, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni boshqarishni yanada takomillashtirish, bozor munosabatlarini rivojlantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish va shu sohaga xorijiy sarmoyalarni jalb etish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 23 iyuldagi “Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-1823-son farmoni imzolangan.

Ushbu farmonga asosan O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi huzurida Pochta va telekommunikatsiyalarni davlat yo’li bilan qo’llab-quvvatlovchi byudjetdan tashqari Jamg’arma tashkil qilingan.

Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash jamg’armasi faoliyat ko’rsatishining tashkiliy-huquqiy bazasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 28 avgustdagi “O’zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi to’g’risidagi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash jamg’armasi to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 420-son qaroriga asosan Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash jamg’armasi to’g’risida Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.

Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to’liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo’lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida ” farmoni imzolangan.

Mazkur farmon bilan Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash byudjetdan tashqari jamg’armasining nomi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish byudjetdan tashqari jamg’armasi deb o’zgartirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida" 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni tashkil etish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 23 sentyabrdagi “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida”gi 328-son qarori imzolangan.

Ushbu qarorning 2-ilovasi bilan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi to’g’risida”gi Nizom, 3-ilovasi bilan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasining boshqaruv apparati tuzilmasi tasdiqlangan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar texnologiyalari davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida" 2012 yil 23 oktabrdagi PQ-1836-son qaroriga muvofiq, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish jarayonlarida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasining rolini oshirish va ishtiroki ko’lamlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 dekabrda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasini yanada rivojlantirish va uning mablag’laridan samarali foydalanish to’g’risida”gi qarori imzolangan.

Mazkur qaror  bilan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi to’g’risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi boshqaruvi apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg’armasi Kengashi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.

Quyidagilar Jamg’armaning vazifalari va faoliyatining asosiy yo’nalishlari hisoblanadi:

a) ushbu Nizomning 4-bandida ko’rsatilgan manbalardan tushgan mablag’larni jamlash;

b) Jamg’arma hisob raqamlarida jamlangan mablag’lardan:

davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining idoralararo integratsiyalashtirilgan axborot tizimlarini joriy etishni, ma’lumotlar uzatishning idoralararo tarmoqlarini tashkil etishni, "Elektron Hukumat" tizimlarini va davlat buyurtmasi doirasida amalga oshiriladigan qidirish tizimlarining milliy segmentini shakllantirish bo’yicha loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borishni;

xalqaro standartlarga muvofiq va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini hisobga olgan holda aloqa, televideniye va radioeshittirish sohasida telekommunikatsiya tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni;

Internet tarmog’ining milliy segmentini shakllantirishni, turli yo’nalishdagi zamonaviy mahalliy axborot resurslarini, shu jumladan aholining, ayniqsa yosh avlodning axborotga bo’lgan va intellektual ehtiyojlarini qondirish uchun tarmoq resurslarini shakllantirishni;

davlat axborot resurslari va ma’lumotlar bazasini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishning yagona tizimini ishlab chiqish, amalga oshirish va kuzatib borishni;

ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor loyihalarni amalga oshirishni, normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy-tadqiqot ishlari va dasturlarni ishlab chiqish, shuningdek ushbu sohada loyihalarni tayyorlash uchun tadqiqotlar o’tkazishni;

aloqa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, respublikaning butun hududida ma’lumotlarni uzatish milliy va xalqaro axborot tarmoqlaridan yuqori tezlikda foydalanish sohasida xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqish va joriy etishni;

aloqa, kompyuter va tarmoqli texnologiyalar, dasturlashtirish va elektron ma’lumotlar bazasini yaratish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishni, shuningdek kompyuter va axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga asoslangan o’qitish tizimini;

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo’yicha davlat inspeksiyasi apparati faoliyatini xodimlarni qo’shimcha ravishda moddiy rag’batlantirish va moddiy-texnika bazani mustahkamlash yuzasidan; (O’zR VM 27.06.2015 y. 171-son Qarori tahriridagi xatboshi)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi telekommunikatsiya va axborot tizimlari ustidan boshqarish va nazorat qilish organlarini, shuningdek aloqa obyektlari davlat kadastri xizmatlari, elektron raqamli imzolar kalitlarini ro’yxatdan o’tkazish markazlari faoliyatini, terminologiya va lug’atlarni, standartlashtirish bo’yicha bazaviy tashkilotlarni va bazaviy metrologik xizmatni, shuningdek axborotlashtirishni joriy etish va rivojlantirish bo’yicha mustaqil daromad manbaiga ega bo’lmagan xizmatlarni rivojlantirishga ko’maklashishni; (O’zR VM 27.06.2015 y. 171-son Qarori tahriridagi xatboshi)

Respublika axborot-kutubxona markazining faoliyatini;

axborot va pochta xavfsizligi, telekommunikatsiya tarmoqlari tizimini, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish texnologiyalarini joriy etishni, zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq axborot va pochta xavfsizligini ta’minlash bo’yicha texnik infratuzilmani rivojlantirishni;

tanlov asosida tanlab olinadigan aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rekonstruksiya qilish, ularni rivojlantirish va kompyuterlashtirish bo’yicha loyihalarni amalga oshirishni;

efirga ruxsat berilmagan chiqishlarning va davlat tuzilmalari radio vositalariga to’sqinlik qilishning oldini olish maqsadida radio chastota spektridan foydalanish ustidan davlat nazorati uchun maxsus nazorat-o’lchov texnikasi sotib olish xarajatlarini qisman qoplashni;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining sifatli vositalarini va mahalliy dasturiy mahsulotlarni, shu jumladan, ijtimoiy-ko’ngilochar va ta’lim yo’nalishidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishni;

qishloq joylarda xizmatlar ko’rsatuvchi aloqa, radioeshittirish va televideniye tashkilotlariga vaqtincha moliyaviy yordam berishni;

O’zbekiston Respublikasining qishloqlari va chekka aholi punktlarining telekommunikatsiya infratuzilmasini maqsadli qayta jihozlash va yanada rivojlantirishni;

operatorlar va provayderlar tomonidan ko’rsatiladigan universal aloqa xizmatlarini rivojlantirishni;

dasturlashtirish, tizimli ma’muriyatchilik, kompyuter dizayni, animatsiyalar va axborot texnologiyalarining boshqa yo’nalishlari bo’yicha tanlovlar, musobaqalar va bellashuvlar o’tkazish yo’li bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar faoliyatini rag’batlantirishni;

litsenziyalar berilganligi, abonent raqamidan foydalanganlik uchun mobil aloqa operatorlari tomonidan to’lanadigan to’lov, aloqa sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan olingan jarima sanksiyalarining undirishdan tushgan mablag’lar summasining 5 foizi miqdorida davlat boji O’zbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi byudjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg’armasiga ajratilishi bo’yicha xarajatlarni moliyalashtirishda foydalanish.