Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
  • Toshkent shahridagi Inha universiteti “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazadi
    11.02.2019

    Toshkent shahridagi Inha universiteti maktab oʻquvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining oʻquvchilari, hamda ularning ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazadi.

    Bu yil Toshkent shahridagi Inha universiteti maʼmuriyati “Ochiq eshiklar kuni”ni 2019 yilning 16 fevralida oʻtkazadi.

    “Ochiq eshiklar kuni” Ziyolilar koʻchasi 9 manzildagi Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida soat 10.00da boshlanadi.

    “Ochiq eshiklar kuni” davomida tashrif buyuruvchilar universitet, hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishlari mumkin boʻladi.

    Toshkent shahridagi Inha universiteti vakillari abituriyentlar, hamda ota-onalarning barcha savollariga batafsil javob qaytaradi.

    Manba: Axborot xizmati