Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Axborot texnologiyalari vazirligi xodimiga “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni topshirildi
    06.12.2018

    Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh yoshlarga “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni topshirildi.

    Tadbirda vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari vakillari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faollari, “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni sovrindorlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

    Quvonarlisi shundaki, taqdirlanganlar orasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimi Suhrob Yusupovga ham “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni topshirildi. Shu munosabat bilan uni samimiy murakbod etamiz!

    Taʼkidlash joizki, 2003 yildan buyon “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan yuksak vatanparvarlik, fidoyilik tuygʻusi, mehnatsevarlik fazilatlarini oʻzida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obroʻsi, shon-shuhratini yuksaltirishga, uning xalqaro nufuzini yanada oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, tengdoshlariga namuna boʻlayotgan yoshlar taqdirlanmoqda. Bugungi kunda bu koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan yoshlar soni 550 nafardan ortiqni tashkil etadi.

    Manba: Axborot xizmati