Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Endi “Tezkor pochta” respublikamizning barcha shahar va tumanlarida!
    15.05.2018

    Joriy yilning 10 aprel kuni “O‘ZBEKISTON POCHTASI” AJning 15ta ob’ektida joriy etilgan yangi “Tezkor pochta” xizmatini muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi.

    Aholining xohish va istaklarini inobatga olgan holda, 2018 yil 15-maydan boshlab “Tezkor pochta” xizmati “O‘ZBEKISTON POCHTASI” AJning barcha shahar va tuman pochta bo‘limlarida foydalanish mavjud bo’ladi va belgilangan tarif bo’yicha amalga oshiriladi.

    "Tezkor pochta" jo‘natmalar maxsus tarzda belgilanadi va jo‘namaning yetkazib berishdagi eng yuqori barcha bosqichlari ustuvor tartibda amalga oshiriladi. Sizga shuni eslatmoqchimiz-ki, ushbu xizmatning sifati va ko'rsatilgan etkazib berish kunlariga rioya qilish ham doimiy nazorat ostida.

    Manba: Axborot xizmati