Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Vazirlik rahbariyati go‘zallik sohibalarini bayram bilan qutladi
    07.03.2018

    Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri hamda uning o‘rinbosarlari ishtirokida bahor, go‘zallik va muhabbat ramzi hisoblangan "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan qutlov tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik markaziy apparatida mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar ishtirok etdilar.

    Ta’kidlangani kabi, 8 Mart – bu insoniyatning "go‘zal yarmi" deya e’tirof etilgan ayollarga samimiy tilaklarni aytish, shirin so‘zlarni izhor qilish uchun bir sabab. Shu munosabat bilan, hamkasabalarga uzoq umr, salomatlik, oilaviy baxt-saodat hamda hamjihatlik tilandi, sovg‘alar taqdim qilindi.

    Fursatdan foydalanib, vazirlik rahbariyati hamda "kuchli yarmi" bo‘lgan erkaklar jamoasi O‘zbekiston ayollarini go‘zallik hamda nafislik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi, umrlariga yaxshiliklar va sa’y-harakatlariga yuksak muvaffaqiyatlar tilaydi.

    Manba: Axborot xizmati