Ishonch telefonlari
0-800-200-41-07 11-44
Batafsil
  • Oracle vakillari tashrif buyurishdi
    07.12.2017

    7 dekabrda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Oracle kompaniyasining Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Oleg Jukov bilan uchrashuv tashkil qilindi.

    Uchrashuv muqaddimasida mehmonlarga mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga qaratilgan e’tibor, jumladan dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularga berilgan imtiyozlar xususida ma’lumot berildi. 

    Ikkitomonlama yaqin aloqalarni o‘rnatish, xususan «Oracle Academy» ta’limiy dasturi yordamida O‘zbekistonda yuqori malakali IT-mutaxassislarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarish, "bulutli" texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchrashuvning diqqat-markazida bo‘ldi. 

    Manba: Axborot xizmati