Ishonch telefonlari
0-800-200-41-07 11-44
Batafsil
  • Kommutatsiya va server uskunalari jihozlarini sug‘urtalash bo'yicha tanlov e’lon qilinadi
    04.12.2017

    Vazirlik Axborot tizimlarini tatqiq etish markazi tasarrufidagi elektrotexnika (chet elda ishlab chiqarilgan kommutatsiya va server uskunalari) jihozlarini sug‘urtalash maqsadida tanlov e’lon qilinadi. Sug‘urta uchun to‘lanadigan maksimal mukofot haqi 125000 ming so‘mni tashkil etadi.

    Tanlovda qatnashuvchilar quyidagi talablarga javob berishlari lozim: 

    - Tegishli litsenziyaga ega bo‘lishlari;
    - Tegishli reytingga va salohiyatga ega bo‘lishi;
    - Maxsus texnikani sug‘urtalash bo‘yicha portfolioga ega bo‘lishi;
    - Sug‘urta holatlari bo‘lsa, moliyaviy javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi;
    - Konfidensiallikni saqlashi;
    - Qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa masalalar.

    Batafsil ma’lumotlar uchun +99871 2384123 raqami bilan bog‘laning (Bosh buxgalter Ishankulov Izzatilla Nurillayevich). 

    Manba: Axborot xizmati