Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 +99871 237-01-11 Barcha raqamlar
  • O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentiga bag‘ishlangan pochta markalari e’lon qilindi
    06.09.2017

    "O‘zbekiston pochtasi" AJ Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning faoliyatiga bag‘ishlangan pochta markalari turkumini iste’molga kiritdi. 

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida"gi qarori asosida tayyorlangan marka turkumidan 9 xildagi marka turi o‘rin olgan. Ushbu marka turkumining taqdimoti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalning ochilish marosimi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. 

    Mazkur pochta markalarida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning faoliyatidan olingan jarayonlar aks etgan.

    Pochta markalari ko‘p rangli dizaynda, ofset usulida ishlab chiqarilgan. Turkumga kiruvchi 9 ta markaning barchasi o‘rin olgan kichik varaqning o‘lchami: 165x145mm. Bir dona pochta markasining o‘lchami: 42x30mm. Fotosuratchi — Kurbanbayev F. Dizayner – Kanevets Ye. Markalar identifikatsion raqam va belgilangan nominallariga ega.

    Manba: Axborot xizmati