Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 11-44
Barcha raqamlar
  • TATUda 1-avgust imtihonlari muvaffaqiyatli o'tkazildi
    01.08.2017
    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1 avgust imtihonlari muvaffaqiyatli tashkil qilindi. Imtihonlar 9 ta obyekt: TATU, Toshkent aloqa kasb-hunar kolleji, Yunusobod tumanidagi 63-, 70-, 86-, 220-, 250-, 260-, 272-son maktab binolari)da o'tkaziladi.
     
    2017/2018 o'quv yilida universitetda o'qish istagini bildirib, 12234 nafar abituriyent hujjat topshirgan. Shundan, o‘zbek guruhlariga 9688 nafar, rus guruhlariga 2536 nafar. 2016 yil bilan solishtirilganda, abituriyentlar soni 1579 (14,8) nafarga oshgan. Joriy yilda TATU ga 1600 nafar talaba qabul qilinadi.
     
    Imtihonda abituriyentlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar, tibbiyot xonalari, ota-ona va kuzatuvchilar uchun kutish joylari tashkil qilindi. 
     
    Joriy yilda TATU mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalari orasida ilk marotaba test sinovlarini o‘tkazish joyida biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish va boshqarish tizimini tatbiq qildi.  
     
    Biometrik pasport ma’lumotlari va barmoq izlari skaneri tekshiruvi asosida abituriyentlarning ma’lumotlar bazasini yaratilishi va jarayonning avtomatlashtirilishi imtihonni nazorat qilish va boshqarish tiziminini osonlashtiradi. Bu tizim kirish imtihonlar o‘tadigan OTM hududida begona shaxslar hozir bo‘lishining oldini oladi.
     
    Test sinovlarini oshkora va shaffof, adolat mezonlari asosida o‘tkazilishini nazorat qilish maqsadida, ommaviy axborot vositalari vakillari universitetda bo'lib o'tgan test imtihonlarini bevosita kuzatish imkoniga ega bo'ldilar.

    Shuningdek, "O‘zbektelekom" AK Toshkent davlat yuridik universitetda tashkil etilgan test imtihonlarini internet tarmog‘ida onlayn olib uzatilishida texnik yordam ko‘rsatdi.

     

    Manba: Axborot xizmati