eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida EPAM onlayn-treningi bo‘lib o‘tadi.
    14.02.2020

            Dunyodagi eng yirik maxsus dasturiy ta'minotlar  ishlab chiqaruvchisi hisoblangan   EPAM kompaniyasi Toshkentdagi Inxa  universiteti bilan hamkorlikda JavaScriptdan foydalangan holda  veb-ilovalarni yaratish uchun zamonaviy yondoshuvlar, texnologiyalar va vositalarga bag‘ishlangan  bepul  onlayn-treningi o‘tkaziladi.

           Veb dasturlar, dasturiy ilovalar va IT mahsulotlar yaratishga qiziquvchan yoshlar, fuqarolar mazkur treningda ishtirok etib, dasturiy mahsulotlar tayyorlashni o‘zlashtirishlari mumkin.

           Inha universitetida o‘tkaziladigan onlayn treninglar 10  haftaga mo‘ljallangan bo‘lib, dasturiy murakkab tenglamalar va ularni yechish borasida 12 ta amaliy mashg‘ulotlar, xorijiy mutaxassislarning master-klasslarini o‘z ichiga olgan.

           O‘quv kurslari yakunida har bir ishtirokchining o‘zlashtirish ko‘satkichlari yuzasidan suhbatlar tashkil etiladi. Sohaga qiziquvchilar 15 fevralgacha onlayn tarzda https://rs.school/js/ elektron manzil orqali  ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan ariza topshirishlari mumkin.

          Shu o‘rinda Toshkent  shahridagi Inha universitetining EPAM Systems  (eng yirik global dasturiy ta'minotni ishlab chiqaruvchi) kompaniyasi bilan  muvaffaqiyatli hamkorlik aloqalari o‘rnatilganini ta'kidlash o‘rinli.  Ushbu kompaniya bilan hamkorlikda Epam Insider,  yo‘nalishida  xalqaro  IT konferensilar o‘tkazish, shu orqali Inha universiteti iqtidorli talabalaridan xalqaro miqyosdagi veb dasturlar tayyorlash yo‘nalishida  trenerlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

    Manba: Axborot xizmati