eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATUda Avstriyalik professor dars berishni boshladi
    13.02.2020

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2019-2020 oʼquv yillari davomida 22 ta xorijiy professor-o‘qituvchilar TATU talabalri uchun ta’lim berdi.

    Hususan, joriy yilning 8 — 23-fevral kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Klagenfurt universiteti (Avstriya) professori Jean Chamberlain Chedjou “Nonlinear dynamics” fanidan oʻqitish uchun “Radio va mobil aloqa” fakultetiga tashrif buyurdi.

     Professori Jean Chamberlain Chedjou tashrifidan koʻzlangan maqsad — Dynamics: Modelling, Simulation and CNN-based computing mavzusida 30 soat ma’ruza va 30 soat amaliyot mashg‘ulotlarini o‘tkazish, magistratura va PhD talabalari bilan birgalikda ilmiy muammolarni echib, yuqori impakt faktorli jurnallarda maqola chop etish, PhD dissertatsiyalarga ikkinchi rahbar boʻlib faoliyat olib borish koʻzda tutilgan.

    Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli hamda 2018-yil 5-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3775-sonli qarorlarida koʻrsatilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Xorijiy professorning kelib ketishi bilan bogʻliq harajatlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xuzuridagi Ilmiy-inovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilmoqda.

    2017 yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti va Olmaotaning Energiya va Aloqa Universiteti o'rtasida imzolangan memorandumga binoan Almati Energetika va Kommunikatsiya Universiteti o'qituvchisi Yoqubov Bahodir Malikovich joriy yilning 1-fevralidan 11-fevraligacha” “Axborot xavfsizlik protokoli” mavzusida “Axborot xavfsizligi” fakulteti 4-kurs talabalari uchun ma'ruzalar o'tkazmoqda.

    23 – yanvar kuni Hindistonlik mutaxassis, “Routers.com” kompaniyasi asoschisi va boshqaruvchisi Chantrakant Sharma hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan katta hajmli ma’lumotlarni qayta ishlash, bu sohada mavjud muammolar va ularni yechimi, axborot xavfsizligiga oid turli masalalar hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan katta hajmli ma’lumotlarni qayta ishlashda foydalanish, ularni biznesda qanday amalga oshirish to‘g‘risida ma’ruza qildi.

    Chantrakant Sharmaning ma’ruzasi orqali universitet professor – o‘qituvchilari va talabalari sun’iy intellekt va katta hajmli ma’lumotlar texnologiyalarining qanday integratsiya qilish, axborot xavfsizligiga oid bo‘lgan IP bloklash, DarkWeb, xabarlarni aniqlash usullari, blokcheyn texnologiyalari, deep learning, spam xabarlarni qanday filtrlash mumkinligi haqida batafsil bilib olishdi.

    Idaho davlat universiteti (AQSh) dan kelgan professor Bob Houghton tomonidan 2019-yil 1-noyabr va 9-dekabr oralig‘ida, dushanba va payshanba kunlari barcha dekanlar va kafedra mudirlariga seminar-treining tashkil etildi.

    2019 yilning 15-17 oktyabr kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” (Open Source Software Technology Seminar) mavzusida o‘quv-trening kurslari tashkil etildi.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi (NIPA) o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumiga ko‘ra har yili tashkil etish rejalashtirilgan edi.

    Memorandumiga asosan, 15-oktyabr kuni "NIPA"ning 6 kishidan tashkil topgan delegatsiyasi TATUga tashrif buyurdi.

    O‘quv-treningni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad – TATU talabalari hamda dasturiy mahsulotlar yaratishga qiziqadigan yoshlar o‘rtasida zamonaviy, ilg‘or texnologiyalar yordamida ochiq kodli dasturiy maxsulotlar yaratish, talaba-yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash.

    O‘quv-trening kursining tashkilotchilari: Janubiy Koreyaning Axborot texnologiyalarni rag‘batlantirish milliy agentligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

    O‘quv-trening kursida universitetning professor-o‘qituvchilar va TATUning iqtidorli talabalari ishtirok etishmoqda.

    O‘quv-trening kursi davomida tinglovchilar “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” nima uchun kerakligi, sun'iy intellektdan foydalanib yangi ishlanmalarni yaratish va foydalanish asoslari, “Ochiq kodli dasturiy mahsulot”ni strategik foydalanish va asosiy muvaffaqqiyatli vaziyatlari, “Ochiq kodli dasturiy mahsulot” boshqaruvi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

    2019-2020 o‘quv yilining kuzgi semestridan boshlab TATUning Televizion Texnologiyalar fakultetida Korean University of Media Ars (KUMA) universiteti professori Mr. Park Insu talabalarga “Video editing” bo‘yicha dars berishni boshladi. Professor Park Insu 2019-yil 29-avgustdan 2020-yil 25-fevralgacha bo‘lgan muddat davomida o‘quv soatlari, talabalar bilan master-klasslar, bitiruv ishlari va magistrlar bilan ishlar olib borishni reja qilgan.

    Ma'lumot o‘rnida aytish kerakki, «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida 2018-yil 22-fevralda Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti (TATU) va Korean University of Media Ars (KUMA) universtetlari o‘rtasida memorandum imzolangan.

    Memorandum asosida 2018-yil 8-21 avgust kunlari Televizion Texnologiyalar fakultetining 4 nafar professor-o‘qituvchilari – A.Muxamadiev, B.Bazarbaev, E.Hasanova va F.Saidovlar KUMA universtetida malaka oshirishda bo‘lishdi va ushbu universitet sertifikatini olishdi. Malaka oshirish kurslari o‘tish vaqtida KUMA universiteti prezidenti Mr. Yoo, Jae-Won bilan muloqot vaqtida universitetlarimiz o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirib, qo‘shma yo‘nalishlar va fakultetlar tashkil etish taklifi ham kiritilgan edi. Bugungi kunga kelib esa, mana shu kelishuvlar o‘zining ilk natijalarini bermoqda.

    2019 yilning 10 sentyabridan boshlab Yaponiyaning Kompaniyalarini boshqarish bo'yicha yapon mutaxassisi va “JICA”ning grantlari bo’yicha mutaxassisi janob Masashi Datesan “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasida Pochta aloqasi “Pochta texnologiyalari” kafedrasi talabalari uchun "Quyosh chiqar mamlakatning logistika" mavzusida ma'ruza o'qishni boshladi.

    Yaponiya sanoatiga bag'ishlangan taqdimot qiziqarli statistik ma'lumotlar bilan birga hech kimni befarq qoldirmadi. Tinglovchilar tomonidan berilgan savollardan boy ma’daniyat va tarixga ega bo'lgan bunday olis mamlakat to'g'risida qiziqish uyg'otgani aniq bo'ldi.

    Manba: Axborot xizmati