eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • 14- yanvar– Vatan himoyachilari kuni
    14.01.2020

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni chin yurakdan tabriklaydi.

    Aynan sizlarning yerda va ko‘kda, suvda va quruqlikda olib borayotgan mardona xizmatlaringiz tufayli osmonimiz musaffo, bolalarimiz, mo‘’tabar onalarimiz, keksalarimiz xotirjam yashamoqda, yurtimiz obod, xalqimiz hayoti farovon bo‘lmoqda.
    O‘z hayotini Vatan himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlab, g‘oyat mas’uliyatli va olijanob vazifani sharaf bilan ado etib kelayotgan mard va jasur, el-yurtga sadoqatli harbiylarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

    Ayni paytda o‘z farzandlarini – Qurolli Kuchlarimizning askar va ofitserlarini Alpomishdek botir, chinakam vatanparvar insonlar etib tarbiyalagan barcha ota-onalarga, harbiylarimiz bilan hayot quvonchi va tashvishlarini doimo baham ko‘rib kelayotgan ularning rafiqalari va oila a’zolariga tashakkur bildiramiz.

    Tinchligimizga ko‘z tegmasin!

    Osmonimiz hamisha musaffo bo‘lsin!