Ishonch telefonlari
8-800-200-41-07 +99871 237-01-11 Barcha raqamlar

Saralash

Vazirlikka ishga taklif qilamiz

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “AKT sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘limi” boshlig‘i Karimjon Mullaboyev International IT Policy Program (Xalqaro AT-siyosati) dasturi asosida Koreya Respublikasining nufuzli Seul Milliy universitetiga o‘qishga qabul qilinib, “Texnologiyada boshqaruv, iqtisodiyot va siyosat dasturi yo‘nalishi” bo‘yicha 3 yil davomida doktoranturada tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 

23.06.2017

Koreya Respublikasi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

22 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

23.06.2017

«Hansa Telecom» delegatsiyasi bilan uchrashuv

20 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «Hansa Telecom» (Latviya) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

21.06.2017

TATU talabalari uchun “yozgi ta’til xaritasi” ishlab chiqildi

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan talabalarning yozgi ta’til vaqtlarini samarali tashkil qilish, bilim va qiziqishlari ustida ishlash, atrofdagilarni AKT sohasidagi bilimlarini oshirish va AKTni keng targ‘ib qilishlari uchun “yozgi ta’til xaritasi” ishlab chiqildi. 

21.06.2017

Microsoft delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

20 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Microsoft korporatsiyasining MDH davlatlarida biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Irina Volk boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

20.06.2017

Yangi tahrirdagi "Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari"ning loyihasi ishlab chiqildi

Yangi tahrirdagi hujjat loyihasida mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish, uni ko‘rsatish tartibi va shartlarini, mobil aloqa tarmoqlari operatorlari, ularning dilerlari va abonentlarning huquq va majburiyatlarini, shuningdek ularning javobgarliklarini belgilaydi.

19.06.2017

TATUda magistrlik diplomlari topshirildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2017-yil 17-iyun kuni magistrlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

19.06.2017

Axborot texnologiyalari vazirligi 2017 yilda 5151 ta murojaatni qabul qildi

12-15 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida o‘tkazilgan o‘quvlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga eng ustuvor masala sifatida yondashish va doimiy nazoratga olish zarurligi qayd etildi. 

16.06.2017

Internet tarmog‘ida milliy kontentni yaratish va rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda

Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmog‘ida milliy kontentni yaratish va rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasini muhokama qilishga taklif etadi.

14.06.2017

SAP kompaniyasining MDH davlatlari bilan ishlash bo'yicha direktori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

13 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida SAP kompaniyasining MDH  davlatlari bilan ishlash bo'yicha direktori I.Yurev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

13.06.2017