Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Axborotlashtirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha videokonferensiya boʻlib oʻtdi
    06.12.2018

    2018-yil 5-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Qozog‘iston Respublikasining “Zerde” milliy axborot-kommunikatsiya xoldingi” AJ vakillari bilan videokonferensiya o‘tkazildi.

    Mazkur videokonferensiya doirasida har ikkala tomondan ushbu sohani rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi vakillari qo‘shni mamlakatda IT-loyihalar qiymati qanday baholanishi, Qozog‘istonda davlat axborot tizimlari va resurslariga nisbatan qanday davlat standartlari qo‘llanilishi, davlat organlarining IT-loyihalarga ehtiyoji tahlili qanday o‘tkazilishi kabi masalalar yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

    O‘tkazilgan muzokaralar natijasiga ko‘ra, tomonlar axborot almashinuvi va amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadga muvofiq degan to‘xtamga keldilar. Shuningdek, IT-loyihalar qiymatini hisoblashda “Zerde” milliy axborot-kommunikatsiya xoldingi” AJda qo‘llaniladigan yondashuvlarni hamda Qozog‘iston Respublikasida elektron hukumat tizimining ishlash mexanizmini amaliy o‘rganish maqsadida Markaz vakillarining qo‘shni davlatga xizmat safarini uyushtirishga qaror qilindi.

    Manba: Axborot xizmati