Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida Yaponiya kreditlari jalb etilmoqda
    27.11.2018

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiyaning tijorat banklari kreditiga xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 951-sonli qarori qabul qilindi.

    Qarorga muvofiq Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va Sumitomo Mitsui Banking Corporation (SMBC) ishtirokida investitsion “Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish” va “IMS (IP Multimedia Subsystems) texnologiyasi asosida kommutatsiya markazlarini modernizatsiyalash” loyihalari amalga oshiriladi.

    Mazkur qaror doirasida loyihalarni hayotga tatbiq etish magistral tarmoqlarning ishonchlilik va barqarorlik darajasini oshirish, davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga koʻmak berish orqali Oʻzbekistonning telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirishni taʼminlashga zamin yaratadi.

    Manba: Axborot xizmati