Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • GDG-Tashkent DevFest birinchi dasturchilar xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi
    26.11.2018

    2018-yil 24-noyabrda Inha universitetida birinchi xalqaro GDG-Tashkent – DevFest dasturchilar festivali bo‘lib o‘tdi.

    DevFest – bu Google kompaniyasi qo‘llab-quvvatlovi bilan Google Developers Group hamjamiyatlari tomonidan butun dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan global tadbir hisoblanadi. Uning doirasida dasturchilar, IT-mutaxassislar, IT-ixtisosligi bo‘yicha talabalar hamda zamonaviy texnologiyalarga befarq bo‘lmagan insonlar ishtirokida Google tomonidan taqdim etilayotgan eng so‘nggi texnologiyalar va ishlanmalar muhokama qilinadi.

    Kun davomida 500 nafarga yaqin ishtirokchi axborot texnologiyalarining turli yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalar va mahorat maktablarida qatnashdi, shuningdek, ishlanmalar bo‘yicha mutaxassislarning mahsulotlari bilan yaqindan tanishdi. 

    Universitetda, shuningdek, mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalarining vakillari  ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Ular IT-sohaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarining bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

    Festival ishtirokchilari – mahalliy va xorijiy mutaxassislar axborot texnologiyallari sohasidagi so‘nggi trendlarni muhokama qildilar. Ishtirokchilar blokcheyndan foydalanish, mobil ilovalar yaratish, biznesda VR/AR texnologiyalarni qo‘llash va boshqa turli masalalarni ko‘rib chiqdilar.

    Tadbir davomida Toshkentdagi Inha universiteti rektori Muzaffar Jalolov va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sadullayev hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladilar.

    Manba: Axborot xizmati