Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Toshkentda ilk bor GDG-DevFest dasturchilar festivali bo‘lib o‘tadi
    21.11.2018

    O‘zbekistonda ilk bor Google kompaniyasining asosiy tadbirlaridan biri — dasturchilar uchun Google Developers Group (GDG) DevFest festivali o‘tkaziladi.

    Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida Toshkentdagi Inha universiteti (IUT), Google, Google Developers Group (GDG) Tashkent va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan 2018-yil 24-noyabrda bo‘lib o‘tadi.

    DevFest — Google Developers Group jamoalari tomonidan har yili Google kompaniyasi ko‘magida o‘tkaziladigan global tadbirlardan biridir. Ushbu tadbir doirasida Googlening so‘nggi texnologiyalari va ishlanmalari taqdim qilinadi. Xususan, ishtirokchilar mobil ilovalarni yaratish, VR/AR texnologiyalaridan biznesda foydalanish va boshqa mavzulardagi muhokamalarda ishtirok etadi.

    Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Inha universiteti 2015-yildan buyon yosh mutaxassislar uchun Google I/O Extended Tashkent konferensiyasini o‘tkazib keladi. Konferensiya o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarni Googlening innovatsion yechimlari bilan tanishishi uchun o‘ziga xos maydondir.

    Manba: Axborot xizmati