Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Samarqandda ITUning “Standartlashtirishdan amaliyotga joriy etishgacha” mavzusida mintaqaviy seminar boʻlib oʻtmoqda
    02.10.2018

    Shu yilning 2-3 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU)ning IMS bazasidagi VoLTE/ViLTE tarmoqlarini joriy etishga bagʻishlangan hududiy seminari oʻtkaziladi. Tadbir AKT vazirligi koʻmagida tashkil etilmoqda.

    Ushbu seminar ITU aʼzolari va boshqa manfaatdor tashkilotlar, boshqaruv organlari, vazirliklar vakillari, telekommunikatsiya operatorlari, ilmiy xodimlar, telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqaruvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari, dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari uchun oʻziga xos munozara maydoniga aylanadi. Seminardan IMS va VoLTE texnologiyalarini rivojlantirish sohasida tajriba almashish koʻzlangan.

    Seminarda quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:

    IMS platformasidan foydalangan holda 4G (VoLTE/ViLTE) qurish tamoyillari;

    IMS bazasi asosida VoLTE/ViLTE tarmoqlarini kengaytirishning asosiy muammolari;

    VoLTE/ViLTE tarmoqlararo bogʻlikligi masalalarini yechishda ENUM ning roli;

    IMS i VoLTE/ViLTE texnologiyalarini qoʻllashda normativ-huquqiy boshqaruv;

    IMS bazasida VoLTE/ViLTEni joriy qilishda operatorlarning muammolarini hal qilish maqsadida xalqaro standartlashtirish yoʻnalishlarini belgilash.

    Manba: Axborot xizmati