Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • “ICTWEEK Uzbekistan – 2018”ning yakunlari
    01.10.2018

    Har yili anʼanaviy oʻtkaziladigan “ICTWEEK Uzbekistan – 2018” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi oʻz yakuniga yetdi.

    29-sentyabr kuni tashkilotchilar marosim yakunlarini eʼlon qilishdi.

    “ICTWEEK Uzbekistan – 2018” haftaligi Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasidagi eng muhim hodisalardan biri hisoblanadi.

    Oʻtgan yillardagi kabi "ICTWEEK Uzbekistan – 2018”ning asosiy maqsadlaridan biri IT-sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilayotgan loyihalarni namoyish etish va muhokama qilish hisoblanadi.

    “ICTWEEK Uzbekistan – 2018” haftaligi doirasida quyidagi tadbirlar oʻtkazildi:

    Toshkent shahrida:

    • “ICTEXPO – 2018” axborot texnologiyalari sohasiga oid yillik koʻrgazma;
    • “DIGITAL UZBEKISTAN” forumi;
    • “CYBERSECURITY AND DIGITAL TRANSFORMATION” forumi va boshqa koʻplab tadbirlar.

    Jizzax shahrida:

    • “Bolalar uchun axborot texnologiyalari” aksiyasi;
    • “ICTEXPO – 2018” hududiy koʻrgazmasi;
    • 3i hududiy forumi.

    25-sentyabr kuni Jizzax shahrida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun brifing va “Bolalar uchun axborot texnologiyalari” aksiyasi oʻtkazildi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari haftaligining keyingi tadbiri “DIGITAL UZBEKISTAN” boʻldi, u 26-sentyabr kuni Anjumanlar zali va “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazma kompaniyasining Atriumida spikerlar taqdimoti va panel muhokamalar koʻrinishida boʻlib oʻtdi.

    “DIGITAL UZBEKISTAN” forumi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining zamonaviy tendensiyalari toʻgʻrisidagi masalalarni muhokama qilish uchun mutaxassislar maydoni boʻlib xizmat qiladi.

    Forumning panel muhokamalari mamlakatdagi axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan strategik qarorlar va dasturlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi. Forumda ziddiyatlar tahlili oʻtkazilib, rivojlanish salohiyati va uni amalga oshirish imkoniyatlari baholandi.

    Ushbu tadbirlarda ishtirok etish uchun axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalari sohasiga doir korxona va tashkilotlarning boshqaruvchilari, shuningdek, xalqaro mutaxassislar va tahlilchilar, mamlakatimizdagi va xalqaro yirik IT-kompaniyalarning vakillari taklif etildi.

    Jizzax shahrida 27-sentyabr kuni “Jizzax viloyati: Investitsiyalar. Innovatsiyalar. Axborotlashtirish” mavzusidagi 3i hududiy forumi oʻtkazildi. Forumning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

    • Jizzax viloyatida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining investitsion salohiyati;
    • “Jizzax” mustaqil iqtisodiy hududida IT-innovatsiyalar;
    • Jizzax viloyati kichik sanoat hududida IT-salohiyatini rivojlantirish;
    • Jizzax viloyatida hududiy IT-dasturlarni ijro etish;
    • tashkilotlar moliyalashuvini yuksaltirishda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining ahamiyati;
    • Jizzax viloyati telekom-infratuzilmalarini rivojlantirish va hokazo.

    Hududiy forumning ishtirokchilari kichik sanoat hududlarida tashkil etilayotgan “Jizzax” mustaqil iqtisodiy hududida biznes yuritish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi, Jizzax viloyatida axborot texnologiyalari sohasi va telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanish holati va salohiyatlari toʻgʻrisidagi bayonotni tinglashdi. Tadbirkorlik subyektlarining bank-moliya manbalariga kirishini yaxshilash boʻyicha hududda oʻtkazilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida taqdimotlar oʻtkazildi.

    “ICTWEEK Uzbekistan – 2018” axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari haftaligining eng yorqin hodisalaridan biri “ICTEXPO – 2018” yillik koʻrgazmasi boʻldi. Ushbu koʻrgazma 26-28-sentyabr kunlari Toshkent shahrida va 26-27-sentyabr kunlari Jizzax shahrida oʻtkazilgan.

    “ICTEXPO – 2018”da axborot texnologiyalari va unga doir xizmatlar bozorida taklif etiladigan zamonaviy texnologiyalar va qarorlar namoyish etildi.

    Joriy yilda koʻrgazma formati yana-da zamonaviyroq tus oldi. “ICTEXPO – 2018” ga tashrif buyuruvchilar va mehmonlar joriy etilgan interaktiv kiosklar evaziga turli nominatsiyalardagi eng yaxshi stendlarga ovoz berish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

    26-27-sentyabr kunlari Olimpiya qoʻmitasi qoshidagi Jizzax shahar maxsuslashtirilgan maktab-internat zalida “ICTEXPO – 2018” hududiy koʻrgazmasi tashkil etildi.

    Koʻrgazmaning asosiy boʻlimlari quyidagilardan iborat boʻldi:

    • telekommunikatsiyalar;
    • elektron hukumat;
    • xavfsiz shahar;
    • internet texnologiyalari;
    • “Jizzax mustaqil iqtisodiy hududi;
    • Jizzax viloyati kichik sanoat hududi;
    • turfa sohalarining axborotlashtiriluvi (tibbiyot, taʼlim-tarbiya va boshqalar).

    29-sentyabr kuni axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalari haftaligi “ICTWEEK Uzbekistan – 2018” ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bilan yakunlandi. Unda hamkorlar va homiylarning amalga oshirgan ishlari eʼtirof etib oʻtildi.

    Marosimning muhim qismlaridan biri eksponent-kompaniyalarni taqdirlash jarayoni boʻldi. Interaktiv kiosklar orqali oʻtkazilgan ovoz berish jarayonining natijalariga koʻra, koʻrgazma mehmonlari orasida quyidagi kompaniyalar 4 asosiy yoʻnalish boʻyicha sovrin egalariga aylanishdi:

    • “Yoshlar tanlovi” – UZTELECOM;
    • “Stendning eng yaxshi dizayni” – UMS
    • “Stend xodimlarining ishbilarmonligi” – Toshkent shahridagi INHA universiteti;
    • “Eng innovatsion stend” – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Axborot xavfsizligi markazi.

    Shuningdek, Avtomobil yoʻllari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qoʻmitasi, Xorazm viloyati, Surxondaryo viloyati va Fargʻona viloyati hokimliklari, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, “Kafolat” sugʻurta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq aksionerlik-tijorat banki, “Metall va rangli metall chiqindilarini tayyorlash va qayta ishlash boʻyicha oʻzbek zavodi” Aksiyadorlik jamiyati singari davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralari “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralarida axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda erishgan yutuqlari uchun” nominatsisidagi mukofotlar bilan taqdirlanishdi.

    Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tashabbusi bilan oʻtkazildi. “ICTWEEK Uzbekistan – 2018”ning tashkilotchilari “ICTNEWS Conferences” (OOO “CIB GROUP”) va Oʻzbekiston axborot texnologiyalariga oid korxona va tashkilotlar Assotsiatsiyasi (Jizzax sh.) hisoblanadi.

    Manba: Axborot xizmati