Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Jizzaxda 3i hududiy forumi oʻtkazildi
    27.09.2018

    Bugun, 27 sentabr kuni Jizzax shahrida “ICTWEEK 2018” AKT haftaligi doirasida “Jizzax viloyati: Innovatsiyalar, Investitsiyalar, Axborotlashtirish” hududiy forumi boʻlib oʻtdi.

    Forumda investitsiya va innovatsiya sohasi mutaxassislari yigʻilishib, Jizzax viloyatiga investitsiya va innovatsion resurslarni jalb qilish orqali hudud iqtisodiy salohiyatini oshirish masalalarini qildilar.

    Forumda Toshkent shahri, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridan kelgan davlat organlari, AKT kompaniyalarining 200 dan ziyod vakillari ishtirok etishdi.

    Forum olti seksiyada olib borildi:

    Jizzax viloyatida AKT-sektorining investitsion salohiyati;

    “Jizzax” EIZda IT-innovatsiyalar;

    Jizzax viloyati MPZ IT-salohiyatini rivojlantirish;

    Jizzax viloyatida mintaqaviy IT-dasturlarini amalga oshirish;

    Korxonalar kapitalini oshirishda AKTning oʻrni;

    Jizzax viloyati telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va boshqalar.

    Mintaqaviy forum ishtirokchilari “Jizzax” EIZda biznes yuritish imkoniyatlari bilan batafsil tanishdilar. Jizzax viloyatida axborotlashtirish sohasi va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish holati va istiqbollari haqida maʼruzalar tinglandi.

    viloyatida amalga oshirilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida maʼruza qildi. Hududda tadbirkorlik subyektlari uchun bank va moliya resurslaridan foydalanishni yaxshilash boʻyicha olib borilayotgan ishlar taqdimoti oʻtkazildi.

    Manba: Axborot xizmati