Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Qozogʻiston axborot va kommunikatsiya vaziri oʻrinbosari bilan uchrashuv
    27.09.2018

    26 sentyabr kuni, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Qozogʻiston axborot va kommunikatsiya vaziri oʻrinbosari Dinara Shyeglova bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. U “ICTWEEK UZBEKISTAN 2018” haftaligida ishtirok etishg uchun Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.

    Suhbat chogʻida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Alohida eʼtibor sohaning quyidagi korxonalari — Oʻzbekiston tomonidan “Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi va «UZINFOCOM” yagona integratori hamda Qozogʻiston tomonidan “Zerde” Milliy axborot-kommunikatsiya xoldingi» oʻrtasida hamkorlik va tajriba almashish masalalariga qaratildi.

    Tomonlar, shuningdek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda olis qishloq joylarda keng polosali telekommunikatsiya tarmoqlarini joriy etish boʻyicha tajriba almashishga kelishib oldilar.

    Manba: Axborot xizmati