Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Toshkent va Jizzaxda “ICTEXPO-2018” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi
    26.09.2018

    26 sentabr kuni Toshkent va Jizzaxda “ICTWEEK Uzbekistan 2018” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining asosiy tadbirlaridan biri “ICTEXPO-2018” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

    Bu yil Toshkent shahrida Ko’rgazma an’anaviy tarzda “O‘zekspomarkaz” MKK da (Pavilion №1) 26 sentabrdan 28 sentabrga qadar, dastlabki ikki kun B2B formatida, uchinchi kuni esa B2C formatida o’tkaziladi.

    “ICTEXPO-2018” AKT ko’rgazmasining olib borishni asosiy maqsadi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi yutuqlarni namoyish qilish, ekspertlar jamoalarining professional platformasini shakllantirish va milliy bozor subyektlarining raqobatbardosh ustunliklarini rivojlantirishdan iborat. Bundan tashqari, AT-biznes va iste’molchilarning keng doirasini to’g’ridan-to’g’ri aloqalarga kirish, ta’minot va talabni qondirish hamda qo’shma tashabbuslarni faollashtirishga imkon beradi.

    ICTEXPO-2018 Ko’rgazmasi doirasida nafaqat xususiy va qo’shma korxonalarning mahsulotlari va texnologiyalari, balki xorijiy kompaniyalarniki ham namoyish etildi. ICTEXPO-2018 ishtirokchilari 50 dan ortiq eksponent-korxonalar, jumladan, mahalliy AKT sohasi vakillari, shuningdek, Rossiya, Qozog’iston va boshqa kompaniyalardan iborat bo’ldi. Ko’rgazma dasturi turli xil bo’lib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi so’nggi yutuqlarni namoyish etish uchun mo’ljallangan ko’ngilochar tadbirlarni o’z ichiga oladi.

    Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu yilgi ko’rgazmani olib borish shakllari yanada innovatsion bo’ldi. ICTEXPO-2018 tashrif buyuruchilari va mehmonlari o’rnatilgan interaktiv kiosklar yordamida turli nominatsiyalar bo’yicha eng yaxshi stendlar uchun ovoz berish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

    Toshkent shahridagi ICTEXPO-2018 yana 2 kun bo’ladi, kirish ochiq va registratsiya orqali.

    Shuningdek, 26-27 sentabr kunlari Jizzax Mintaqaviy Ko’rgazma ICTEXPO-2018, Istiqlol-12 ko’chasi Olimpiya zaxiralari kolleji manzili bo’yicha bo’lib o’tadi. Mintaqaviy Ko’rgazmada 30 dan ortiq eksponent-korxonalar ishtirok etgan, bu esa o’z navbatida Jizzax viloyati uchun yaxshi ko’rsatgich.

    Jizzaxdagi ko‘rgazmaning asosiy bo‘limlari: “Теlеkоmmуnikatsiyalar”, “Elektron hukumat”, “Xavfsiz shahar”, “Internet-texnologiyalar”, “Jizzax” EIZ, “Jizzax viloyatining KSZ”, “Turli sohalarni axborotlashtirish”, “Mobil yechimlar”, “Kichik biznes uchun IT-yechimlar” va boshqalar.

    Jizzaxdagi ko‘rgazma 2018 yilning 27 sentabriga qadar davom etadi.

    Ko‘rgazmalar dasturi turli-tuman bo‘lib, o‘z ichiga keng miqiyosdagi ta’lim seminarlari, davra suhbatlari, shuningdek, AKT sohasida so‘nggi yillardagi yutuqlarni namoyish etishga mo‘ljallangan ko‘ngilochar dasturlarni qamrab oladi.

    Manba: Axborot xizmati