Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • ICTWEEK UZBEKISTAN-2018 doirasida Jizzax viloyati maktablariga uchta kompyuter sinflari sovg‘a qilindi
    26.09.2018

    25 sentabr kuni Jizzaxda “ICTWEEK UZBEKISTAN-2018” doirasida "Axborot texnologiyalari - bolalar uchun" aksiyasi o‘tkazildi.

    Mazkur aksiya doirasida uchta kompyuter sinflari sotib olinib, Jizzax viloyatidagi ta’lim muassasalariga beg‘araz sovg‘a qilindi. Bu Zulfiya va Hamid Olimjon nomidagi maktab-internat (Jizzax sh.), 72-sonli o‘rta maktab (Jizzax viloyati, Forish tumani, “Qorabdol” QFY) va 17-o‘rta maktab (Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani).

    Kompyuter sinflariga 10 dona shaxsiy kompyuter, ko'p funktsiyali qurilma va proektorlar kiritilgan.

    O‘quv sinflari ta'lim muassasalariga internet tarmog'iga ulangan lokal tarmog'I tarkibida sovg‘a qilindi.

    Manba: Axborot xizmati