Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • APTLD yubiley sammitiga Toshkent shahri mezbonlik qiladi
    15.09.2018

    Toshkent shahrida 20-21 sentyabr kunlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yuqori darajali domenlar uyushmasi (Asia Pacific Top Level Domain)ning 20 yillik yubiley sammiti boʻlib oʻtadi.

    APTLD internet tarmogʻini rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi murakkab mintaqaviy va global tizimga ega asosiy tashkilotlaridan biri boʻlib, texnologik va operatsion masalalar boʻyicha tajriba almashish platformasi hisoblanadi. Shuningdek, APTLD domen nomlarini boshqarish boʻyicha xalqaro tamoyillarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda. Tashkilot 1998 yilda tashkil topgan, 2003 yilda esa Malayziyada shtab-kvartirasiga ega boʻldi.

    Oʻzbekiston 2017 yilning sentyabr oyida .UZ hududida domen nomlarini roʻyxatga olishni muvofiqlashtirishchi tashkilot “UZINFOCOM” kompaniyasi vakilligida APTLDga aʼzo boʻldi. Olimpiya oʻyinlarida boʻlgani kabi, uyushma aʼzolari ham sammitni oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritish uchun kurashadilar, buning uchun taqdimotlar tayyorlaydilar va assotsiatsiya kengashining qoʻllab-quvvatlashini qoʻlga kiritishga harakat qiladilar.

    Toshkent sammitida global tarmoqning yangi parametrlari va protokollarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi, jahon miqyosida obroʻ-eʼtiborga ega internet mutaxassislari ishtirok etadilar.

    «Toshkentdagi sammitda 40 dan ortiq OTX, Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerikadan kelgan davlatlarning vakillari ishtirok etadilar. Bu keng koʻlamli tadbir boʻlib uning asosiy maqsadi ishtirokchi davlat, internet-biznes, xususan, domen sanoatining vakillarini global tarmoqning unikal identifikator tizimining asosiy trendlari, chaqiriq va yangi imkoniyatlari, shuningdek, internetda yangi xavfsizlik texnologiyalari va boshqa mamlakatlarda internet rivojlanishi tajribasi bilan tanishtirishdir.

    Biz bu yil Oʻzbekiston sammitga mezbonlik qilayotganidan mamnunmiz, bizning koʻplab ishtirokchilarimiz oʻzlari uchun ushbu koʻhna tarix va ulkan istiqbolga ega zaminni kashf etadilar. APTLD oʻzining 20 yoshini aynan Toshkentda nisholayotgani — qabul qiluvchi davlatga bildirilgan katta ishonch belgisi va albatta, sharq ertagiga gʻarq boʻlish istagidir.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining maʼruzasidan Oʻzbekiston hukumati internet tarmogʻini rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat berayotganiga amin boʻldik va bu saʼy-harakatlar muvofaqqiyatli boʻlishiga umid qilamiz. .UZ makonida domenlarni roʻyxatga olishda ulkan sakrash sodir boʻlganiga va butun mamlakat boʻylab internet-texnologiyalari rivojlanganiga bevosita guvoh boʻldik, ushbu jarayonlarga aloqador ekanligimizni his etish yoqimli», — dedi APTLD ning ijrochi direktori Leonid Todorov.

    Sammitda APTLD dan tashqari ICANN ning (icann.org — internetda nom va manzil taqdim etuvchi internet korporatsiyasi) bir qator yetakchi mutxassislari hamda RIPE NCC (ripe.net) va APNIC (apnic.net — Yevropa va Osiyodagi IP-manzillardan foydalanishni muvofiqlashtirish markazlari) rahbariyati ishtirok etadi. Ularning asosiy vazifasi joylarda internet-infratuzilmasini va ularni boshqarish siyosatlarini rivojlantirish borasidagi yetakchi tajriba bilan ishlash.

    Sammitda dunyoga mashhur mutaxassislar ishtirok etadilar

    Pol Viksi — internet tarmogʻining birinchi kashfiyotchilaridan biri, DNS domen nomlari tizimining hammualliflaridan biri

    Pol Uilson — ATR da 6 mingdan ortiq internet-provayderlarni va OTX da internetning oʻzaro aloqasini taʼminlovchi tashkilot — APNIC bosh direktori

    Paul Rendek – RIPE NCC ning (Yevropa va Yaqin Sharqda 10 000dan ortiq internet-provayderlarni bogʻlovchi) tashqi aloqa masalalari boʻyicha direktori, narsalar interneti sohasida yetuk mutaxassis

    Aleksey Soldatov — eng katta ruscha internet mutaxassisi, Runet “otalari”dan biri

    Kil Nam Chon — Janubiy Koreya internetining “otasi” va afsonalaridan biri

    Gordon Dik — Nominet (Buyuk Britaniya) — jahonning eng yirik milliy domenlar boʻyicha kompaniyalaridan birida domenlar boʻyicha biznes boshligʻi;

    Dalsi Banyala xonim — Vanuatu respublikasining Telekommunikatsiya sohasini boshqarish agentligi rahbari, vazir

    Rayed al-Fayez — Saudiya Arabistoni qirolligi Telekommunikatsiya vazirligining internet-xizmatlari masalalari boʻyicha bosh direktori; arab internetining eng yirik mutaxassisi

    Redin MakGeri — CentralNic (Buyuk Britaniya) — jahonning eng yirik xizmatlar provayder kompaniyasining huquqiy masalalar boʻyicha direktori

    Andrey Vorobyov — Rossiyaning milliy domenlar boʻyicha muvofiqlashtirish markazi direktori.

    APTLD konferensiyasi doirasida ekspertlar tomonidan bir qator master-klass, trening va matbuot anjumanlari oʻtkaziladi.

    OAV vakillari 20 sentyabr kuni soat 09:00 da Toshkent shahrining “Wyndham” mehmonxonasi “Silk Road” zalida boʻlib oʻtadigan matbuot-anjumanida ishtirok etib, internet tarmogʻi texnologiyalari va xavfsizligi mavzularida oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin. Matbuot anjumani 20 sentyabr kuni soat 10:00 da APTLD sammitining ochilishi doirasida boʻlib oʻtadi.

    Manba: Axborot xizmati