Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • “Nokia Networks” rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    11.09.2018

    Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov Nokia Networks kompaniyasining vitse-prezidenti, Markaziy va Sharqiy Yevropa, hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha rahbari Mikko Lavanti bilan uchrashdi.

    Uchrashuv chog'ida telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasidagi keyingi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, Nokia Networks kompaniyasining ishtirokida zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarini joriy qilish uchun infratuzilma loyihalarini amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

    Bugungi kunda Nokia Networks kompaniyasi telekommunikatsiya tarmoqlari uchun to'liq yechimlar ishlab chiqarish bo'yicha dunyodagi yetakchilardan hisoblanadi.

    Manba: Axborot xizmati