Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Yaponiyalik hamkorlar bilan yaqin hamkorlik davom etadi
    06.09.2018

    Shu yilning 5 sentabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov Yaponiyaning «NEC» korporatsiyasi katta vitse-prezidenti ijrochisi, direktorlash kengashi a’zosi Norishiko Ishiguro, va «Toyota Tsusho» korporatsiyasi ijrochi direktori Mamoru Akiyama bilan uchrashdi.

    Uchrasuvda «NEC» korporatsiyasi bilan o'rnatilgan uzoq yillik samarali hamkorlik, jumladan O'zbekiston telekommunikatsiya tarmog'i va teleuzatish tizimini raqamlashtirishga qaratilgan loyihalarning jamiyat rivojidagi ahamiyati ta'kidlab o'tildi.

    Har ikki tomon aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi, zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish yo'nalishida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

    Manba: Axborot xizmati