Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Koreya Respublikasi inson resurslarini rivojlantirish Milliy instituti (NHI) tinglovchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
    05.09.2018

    5 sentabr kuni Toshkentda AKT vazirligi vakillari hamda Koreya Respublikasi inson resurslarini rivojlantirish Milliy instituti (NHI) tinglovchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    NHI delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifidan maqsad, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va boshqa davlat organlari faoliyati bilan tanishishdan, shuningdek, davlat xizmatchilarini tayyorlash sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishdan iborat edi.

    Uchrashuv chogʻida Oʻzbekiston tomoni mehmonlarni kelajakda AKTni rivojlantirish yoʻnalishlari va istiqbollari, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash boʻyicha, xususan, Muhammad al-Xorazmiy Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyati va boshqalar bilan tanishtirdi.

    Koreya delegatsiyasi aʼzolari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekistonda olib borilayotgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston AT-mutaxassislari tomonidan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

    NHI 1949 yilda tashkil etilgan va Koreyada davlat xizmatchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (DBA) analogi) boʻyicha asosiy oʻquv-taʼlim muassasasi hisoblanadi.

    2018 yilning 24-26 iyun kunlari NHI prezidenti O Dong Xo tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (DBA) hamda Koreya Respublikasi inson resurslarini rivojlantirish Milliy instituti (NHI) oʻrtasida oʻzaro anglashuv va hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolangan edi.

    Manba: Axborot xizmati