Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • AKT vazirligi jamoasi Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gul qoʻydi
    02.09.2018

    2 sentabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gul qoʻyishdi.

    Davlatimiz rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2 sentabr Xotira kuni etib belgilangan. Bu kuni Islom Karimovning hayoti va serqirra faoliyatini yod etish yaxshi anʼanaga aylangan.

    Manba: Axborot xizmati