Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Olingan bilimlarni Vatanning innovatsion ravnaqi yo‘lida amalga oshirish!
    20.08.2018

    19 avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov prof. M.A. Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti (SPbDTU)ning bitiruvchilari bilan uchrashdi.

    Ushbu nufuzli Rossiya universitetida 2003 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda 66 nafar o‘zbekistonlik talabalar tahsil olishdi. Tarmoq korxonalari va SPbDTU o‘rtasidagi 15 yillik hamkorlik davomida mamlakatimiz AKT sohasidagi korxonalarda muvaffaqiyatli ishlayotgan o‘nlab yuqori malakali AT-mutaxassislarga ega bo‘ldi.

    Uchrashuvda mamlakatning innovatsion ravnaqi uchun xorijda olingan bilimlardan yanada samaraliroq foydalanish borasida so‘z yuritildi.

    2003 yili “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi ushbu universitet bilan shartnoma imzoladi, unga ko‘ra, har yili O‘zbekistonning besh nafargacha talabasi Rossiya shimoliy poytaxtiga o‘qishga yuborildi. Shu bilan birga, xorijda tahsil olishning asosiy maqsadi nafaqat yuqori sifatli Rossiya ta’limini olish, balki bizning mamlakatda hali o‘qitilmayotgan, ammo ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassislik bo‘yicha bilimlarni olishdir.

    2003-2018 yillarda hammasi bo‘lib SPbDTUda AKT vazirligining tarmoq korxonalaridan 66 nafar xodim (48 nafari “O‘zbektelekom” AK dan va 18 nafari “Unicon.uz” DUK dan) tahsil oldi.

    Ular orasida:

    - Magistratura bitiruvchilari (2 yil) - 10 nafar magistrlar (3 nafari - “O‘zbektelekom” AK dan va 7 nafari “Unicon.uz” DUK dan);

    - Mutaxassis-muhandis (5 yil) – 42 nafar (34 nafari - “O‘zbektelekom” AK dan va 8 nafari “Unicon.uz” DUK dan);

    Bakalavriat (4 yil) - 14 nafar xodim (11 nafari - “O‘zbektelekom” AK dan va 3 nafari “Unicon.uz” DUK dan) ta’lim oldi.

    Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘zbekistonlik Bonch-Bruyevich nomidagi SPbDTU bitiruvchilarining aksariyati bugungi kunda O‘zbekistonning AKT sohasida, tarmoq korxonalarida ishlashmoqda.

    “O‘zbektelekom” AK dan tahsil olish uchun yuborilgan 48 nafar xodimning:

    - 24 nafar mutaxassisi “O‘zbektelekom” AK da ishlaydi;

    - “O‘zbektelekom” AK tarkibiy bo‘linmalarida bir necha yil ishlab bergan 8 nafar mutaxassislar hozirda AKT vazirligining Markaziy apparati hamda vazirlikning boshqa korxonalarida mehnat qilishmoqda;

    - “O‘zbektelekom” AK da ishlaganidan keyin 3 nafar mutaxassis hozirda boshqa davlat muassasalarida va tashkilotlarida ishlamoqda;

    - “O‘zbektelekom” AK da ishlaganidan keyin 4 nafar mutaxassis hozirda xususiy tarmoqda ishlaydi.

    “Unicon.uz” DUK dan o‘qishga yuborilgan 18 nafar xodimning:

    - 9 nafar bitiruvchilar “Unicon.uz” DUK va “UNICON-SOFT” MCHJ da ishlamoqda;

    - 3 nafar bitiruvchilar AKT vazirligining Markaziy apparati hamda vazirlikning boshqa korxonalarida mehnat qilishmoqda;

    - 1 nafar bitiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida ishlamoqda;

    - 1 nafar bitiruvchi davlat muassasasida ishlamoqda;

    - 4 nafar bitiruvchilar xususiy tarmoqda ishlashmoqda.

    Shu bilan birga hamkorlikning mazkur dasturi bo‘yicha tahsil olgan Bonch-Bruyevich nomidagi SPbDTU bitiruvchilari nafaqat poytaxtda, balki O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham mehnat qilishmoqda.

    Bugungi kunda, bitiruvchilarning kam sonli qismigina, tarmoq korxonalarida bir necha yil ishlagandan so‘ng, O‘zbekistondan tashqarida ishlamoqda.

    Ko‘rinib turganidek, bizning talabalarimizni Bonch-Bruyevich nomidagi SPbDTU da o‘qitishdagi hamkorlik mamlakatning rivojlanishi uchun o‘z mevalarini bermoqda. Mazkur hamkorlik bugungi kunda ham davom etmoqda. Hozirda universitetda “O‘zbektelekom” AK dan 10 nafar talabalar ta’lim olmoqdalar.

    AKT vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvda Bonch-Bruyevich nomidagi SPbDTU bilan uzoq yillar hamkorlik qilishning ijobiy natijalariga qaramay, bitiruvchilarning erishgan bilim va ilmiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish kerakligi ta’kidlandi.

    Bitiruvchilarning rivojlanish uchun salohiyatini tahlil qilish kerak va agar kerak bo‘lsa, ularni yanada mas’uliyatli va qiziqarli ish joylariga yuborish lozim, buning natijasida ular Sankt-Peterburgda olgan bilimlaridan iloji boricha samarali foydalansinlar.

    Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va AKT sohasida ilm-fanni rivojlantirish uchun Bonch-Bruyevich nomidagi SPbDTU bitiruvchilarining ilmiy salohiyatidan foydalanish kerak.

    Bilim va tajriba almashish uchun M.A. Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti (SPbDTU)ning bitiruvchi-o‘zbeklarining hamjamiyatini tashkil etish taklif etildi.

    Ma’lumot uchun

    M.A. Bonch-Bruyevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti Rossiya Federatsiyasining eng qadimgi va mashhur universiteti, aloqa va telekommunikatsiya sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha Rossiya oliy maktabining yetakchilaridan hisoblanadi. 1930 yildan boshlab, Leningradda Oliy aloqa kurslari asosida radiotexnika va elektraloqalar bo‘yicha maxsus oliy o‘quv yurti tashkil etildi va bugungi kunda universitet maqomi doimiy ravishda yuqori bo‘lib qolmoqda. Bitiruvchilar orasida jahon obro‘siga ega bo‘lgan olimlar, taniqli jamoat va siyosat arboblari, dunyoning barcha burchaklarida faoliyat yurituvchi tarmoq kompaniyalari va korxonalari rahbarlari bor.

    Hozirgi kunda universitet tuzilmasida 33 ta kafedradan iborat 6 ta fakultet mavjud, shu jumladan tarmoq korxonalaridan 7 ta bazaviy; Harbiy ta’lim instituti, shu jumladan harbiy o‘quv markazi va harbiy kafedra; Uzluksiz ta’lim instituti (Oliy kasbiy ta’lim bo‘limi, qo‘shimcha kasb ta’limi bo‘limi); “Aloqa texnologiyalari” ilmiy-tadqiqot instituti; Telekommunikatsiya kolleji va 2 ta Arxangelsk va Smolensk telekommunikatsiyalar kolleji filiallari mavjud.

    SPbDTU da 11 ming nafarga yaqin talaba o‘qiydi, ularning 85 foizi asosan aloqa va axborot texnologiyalari tarmog‘ining yetakchi korxonalariga ishga joylashadi.

    Telekommunikatsiyalar universitetining diplomi yuqori madaniyat, bilim va murakkab kasbiy vazifalarni malakali ravishda hal etish qobiliyatini kafolatlash bo‘yicha xizmat qiladi. Bitiruvchilar nafaqat yuksak tayyorgarlik darajasini, balki amaliyotda bilimlarni ijodiy ishlatish qobiliyatini, faoliyatning yangi yo‘nalishlariga tez moslashuvchanligini ham namoyish etadi. Ta’limning yuqori sifatli ko‘rsatkichlaridan biri – SPbDTU bitiruvchilarining deyarli 100 foizi bitiruvdan keyingi birinchi yilidayoq o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish topishlari, hatto ularning ko‘pchiligi talabalik davriyoq ish bilan ta’minlanishlaridir. Batafsil ma’lumot www.sut.ru saytida.