Ishonch telefonlari
11-44 Barcha raqamlar
  • Davriy matbuot nashrlari uchun obuna uyushtirish yuzasidan tanlov e'lon qilinadi!
    24.05.2018

    O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati hamda uning hududiy boshqarmalari uchun mamlakatimizdagi davriy matbuot nashrlariga 2018-yilning II yarim yilligi uchun obuna uyushtirish yuzasidan davriy matbuot nashrlarini tarqatuvchi muassasalar o'rtasida tanlov e'lon qilinadi.

    Tadbirkorlar mazkur yo'nalishdagi takliflarini vazirlikning "Pochta aloqasi xizmatlari va logistikasini rivojlantirish bo'limi"ga 5 iyunga qadar taqdim etishlari so'raladi. 

    Ma'lumot uchun telefon: 238-41-36.

    Manba: Axborot xizmati